Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 26-oktabr

Bu sahifa nexura.uz saytida qanday ma’lumotlar yigʻilishi, ular nima uchun ishlatilishi va qayerda saqlanishini tushuntiradi.

Qanday ma’lumotlarni yigʻamiz

Ariza formasini toʻldirganingizda:

  • ismingiz, telefon raqamingiz, Telegram username yoki email manzilingiz;
  • kompaniya nomi va loyiha haqidagi izohingiz (agar yozsangiz);
  • tanlagan xizmat, taxminiy byudjet va muddat.

Avtomatik ravishda: saytga qaysi havola yoki reklama orqali kelganingiz (UTM belgilari, oldingi sahifa manzili, birinchi tashrif sanasi). Bu ma’lumot brauzeringiz xotirasida saqlanadi va faqat ariza bilan birga yuboriladi.

Nima uchun foydalanamiz

Faqat siz bilan bogʻlanish, loyihangizni muhokama qilish va taklif tayyorlash uchun. Reklama xabarlari yubormaymiz, ma’lumotlaringizni sotmaymiz va uchinchi shaxslarga bermaymiz.

Qayerda saqlanadi

Ariza Telegram bot orqali jamoamizning yopiq Telegram guruhiga yuboriladi. Sayt serverlarida arizalar saqlanmaydi. Sayt xostingi (Vercel) texnik jurnallarni (IP manzil, brauzer turi) qisqa muddat saqlashi mumkin.

Qancha vaqt saqlanadi

Loyiha boʻyicha muloqot davomida va undan keyin 12 oygacha. Istalgan vaqtda oʻchirishni soʻrashingiz mumkin.

Cookie va brauzer xotirasi

Saytni yaxshilash uchun Google Analytics’dan foydalanamiz: qaysi sahifalar ochilgani, qaysi tugmalar bosilgani va qayerdan kelganingiz. Analitika cookie’lari faqat siz rozilik bersangiz yoqiladi; rad etsangiz, Google faqat cookie’siz umumiy statistikani oladi. Analitikaga ism, telefon yoki boshqa shaxsiy ma’lumotlar yuborilmaydi. Brauzeringiz xotirasida, shuningdek, qaysi havola orqali kelganingiz va cookie boʻyicha tanlovingiz saqlanadi. Reklama vositalari ishlatilmaydi.

Sizning huquqlaringiz

Biz saqlagan ma’lumotlaringizni koʻrish, tuzatish yoki butunlay oʻchirishni soʻrashingiz mumkin. Buning uchun Telegram yoki telefon orqali murojaat qiling.

Bogʻlanish